Kecha va kunduz (roman)
Davronbek Tojialiyev
1.0 Varies with device
«Kecha va kunduz» romaniga «O‘tkan kunlar asari darajasida» deb baho berilgan. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman - dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat. Birinchi qismi «Kecha» 1933-34 yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935 yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936 yilda to‘liq holda nashr etilgan. Asardagi voqealar ilk bahorda boshlanib, qish chillasida tugaydi. Cho‘lpon romaniga «Hamal keldi - amal keldi» maqolini epigraf qilib olgan.
Romanning «Bugun» deb atalgan ikkinchi qismining taqdiri to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Holbuki «Kecha» da tasvirlangan voqealarning mantiqiga ko‘ra romanning «Kunduz» qismida Zebining Sibir surgunidan, Miryoqubning esa Qrim safaridan keyingi hayotlari tasvirlanishi lozim edi. Birinchi kitobdagi tasvir etilgan voqea birinchi jahon urushi endigina boshlangan kezlarida O‘zbekiston viloyatlarining birida bo‘lib o‘tadi. Asardagi asosiy g‘oya mavjud tuzumni tag - tomiri bilan o‘zgartirishdir.

Ushbu elektron kitobda Abdulhamid Cho‘lponning «Kecha va kunduz» asari kirill va lotin alifbolarida joylandi. Elektron kitob www.ziyouz.com tomonidan tayyorlandi.
Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

Content rating: UnratedWarning – content has not yet been rated. Unrated apps may potentially contain content appropriate for mature audiences only.

Requires OS: 1.6 and up

...more ...less